27 avg 11:33
Yangiliklar
Engil atletika, Suv sporti turlari
Yoshlarimiz zamonaviy beshkurash bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish etishdi
O'zbekiston sportchilarini 2022 yilgi o'smirlar Olimpiadasi va 2024 yilgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash bo'yicha ishlab chiqilgan dastur asosida tegishli selekciya ishlari olib borilmoqda.
Iqtidorli yoshlarni saralab olib, ularni terma jamoa tarkibiga jalb qilish bo'yicha O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi tomonidan navbatdagi sport musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuvlar zamonaviy beshkurash tarkibiga kirgan suzish va yugurish yo'nalishlari bo'yicha 8 xil yosh toifasida tashkil etildi. O'zbekiston kubogi maqomida kechgan mazkur turnirda 75 nafar ishtirokchi o'z omadini sinab ko'rdi.
Ikkikurash tarzida kechgan musobaqa tomoshabopligi bilan ko'pchilikning etiborida bo'lib, ushbu sport turi va sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga o'z xissasini qo'shgani bilan ajralib turdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar