03 noy 15:42
Yangiliklar
Tennis
Yoshlarning Yakuniy ATP chempionatiga qura tashlandi
5-9 noyabr kunlari Italiyaning Milan shahrida tennis bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Yakuniy ATP chempionati bo'lib o'tadi.
Bugun musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi. “A” guruhidan avstraliyalik Aleks De Minaur, norvegiyalik Kasper Ruud, serbiyalik Miomir Kechmanovich hamda ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokina joy oldi.
“V” kvartetini esa amerikalik Frensis Tiafo, francuz Yugo Umber, shved Mikael Imer hamda italiyalik Yannik Sinner to'ldirishdi. Guruh bosqichining ilk uchrashuvlari 5 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
SHu kuni Ruud Kechmanovichga, De Minaur Davidovich-Fokinaga, Umber Imerga, Tiafo esa Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar