So’nggi yangiliklar

23:02Муроджон Аҳмадалиевнинг венесуэлалик рақибига қарши жанги тўртинчи раундда якунланди 0 21:38Лазизбек Мулложонов иштирокидаги жанг учинчи раунддаёқ тўхтатилди 0 21:16Манба — Тошкентдаги проф бокс оқшомининг марказий жанги бекор қилинди 0 21:01Нурислом Исмоилов ғалабали юришини давом эттириб, чемпионлик камарини ютиб олди (ВИДЕО) 0 19:55Дастин Порье Макгрегор қандай ҳолатда Холлоуэйни мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 19:50Абдумалик Халоков проф боксдаги учинчи жангини ўтказди 0 19:19Шоҳжаҳон Абдуллаев Тошкентда ганалик боксчини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 19:12"Мундиалдан сўнг скаутлар нигоҳи Ўзбекистонга қаратилади" - "Црвена Звезда" собиқ футболчиси 0 18:30Дмитрий Бивол тарозида Майкл Айфертдан 50 грамм оғир чиқди 0 17:47Ўзбекистонлик боксчи Иноуэга қарши жанг ўтказиш имконияти ҳақида фикр билдирди 0 16:35Курашчиларимиз U17 Осиё чемпионатини 5 та медаль билан бошлашди 0 15:47Манба: "Барселона" Хулиан Альварес билан келишувга эришди 0 15:00Муроджон Аҳмадалиев, Абдумалик Халоков, Лазизбек Мулложонов ва бошқа юлдузлар. Бугун Тошкентда катта профессионал бокс оқшоми ўтказилади 0 14:05Mangu 3 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 13:30200 минг евродан ортиқ. Ўзбекистонлик теннисчи қизлар "Ролан Гаррос"да қанчадан пул ишлаб олишди? 0

22 iyu 17:07
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Yoshlikdagi og'ir jarohat bo'lmaganida, gimnastikada qolgan bo'lar edim

Etiboringizga sinxron suzish bo'yicha terma jamoa murabbiyi Fayzullaeva Elmira Tulqunovna bilan olib borilgan suhbatni havola qilamiz.

Boshlanishi

Bolaligimda men figurali uchish sporti bilan shug'ullanishni juda xohlar edim, lekin biz «Yubileniy» muz saroyidan uzoqda yashar edik va meni olib yurishga hech kim bo'lmagan. CHunki ota-onam ertalabdan kechqurungacha ishlar edilar. Barchasini hayot taqozosi o'zgartirdi. Birinchi sinfda darsimizga gimnastika bo'yicha murabbiy keldi va men uning nazariga tushib qoldim. Ota-onam bilan suhbatdan so'ng meni gimnastika sport maktabiga qabul qilishdi. SHu bilan sport faoliyatim boshlandi. Haqiqatdan ham ushbu sportga oshiq bo'ldim. Tuman, keyin shahar musobaqalaridan boshlab, mehnatsevarligim, tirishqoqligim bilan O'zbekiston SSR terma jamoasiga kirdim. Menda sport ustasi unvoni bor va sevimli sportimga 15 yil umrimni berdim. Afsuski, katta sport jarohatlarsiz o'tmaydi. Umurtqaning murakkab jarohati tufayli sevimli sportimda faoliyatimni davom ettira olmadim. Biroz vaqt o'tgach, meni sinxron suzish bo'yicha jismoniy tarbiya va xoreografiya murabbiyligiga ishga taklif qilishdi. U erda ishlaganimda men yangi sport turiga chuqurroq kirib bordim.

Sinxron suzishda nima qiziqtirib qo'yganligi haqida

Ushbu sport turi meni gimnastika, akrobatika, trampolin, raqs, balet kabi turlarni o'z ichiga olganligi bilan qiziqtiradi. Ish juda qizg'in. Dasturlar, solistlar uchun reja tayyorlash, duetlar va guruhlarni musobaqalarga muntazam ravishda tayyorlash va ishtirok etish. Taqdir menga ijobiy munosabatda bo'ldi va men hozir terma jamoada murabbiy sifatida ish yuritmoqdaman.

Murabbiy bo'lish nimani anglatishi haqida

Murabbiy bo'lish – bu avvalambor, bolalarni sevish va ularga tanlangan sport turiga muhabbat uyg'otishdir. Men shaxsan (bosh murabbiy sifatida emas) har doim qanday qilib «haykaltarosh»-ga o'hshab – yosh suzuvchilarni shakllantirishni, ulardan «kichkina suv parisi» yaratishni, keyin ulardan shaxs sifatida o'sishni va o'zgarishlarini ko'rishni yoqtiraman. Yaqinda sizga hech narsa bilmaydigan yosh qiz kelib, lekin bir lahzadan so'ng uning musobaqalarda qatnashadigan sportchiga o'zgarishini ko'rgim keladi. Bularning barchasini o'z ko'zingiz bilan ko'rib, guvoh bo'lishingiz kerak!

Sinxron suzish haqida

Sinxron suzish qiyin sport turi. Jamoa allaqachon katta sport tajribasiga ega bo'lgan katta yoshdagi qizlarga ega, ammo ular har doim ham start oldidan hissiyot va hayajonlarini engishga qodir emasliklari tabiiy. Sinxron suzish ham jamoaviy sport turi, ham individualdir. Barchasi siz nimada qatnashishingizga bog'liq. Masalan, duetda siz juft bo'lib ishlashingiz kerak va bunda sport nomi bilan aytilganidek sinxronlik talab qilinadi. Bu oson emas. Natijaga erishish uchun uzoq vaqt davomida birga suzish va birgalikda shug'ullanish lozim. Bu erda his-tuyg'ularga, yomon kayfiyatga va boshqa chalg'itadigan omillarga berilib bo'lmaydi. Hammasi bir reja bo'yicha ketishi talab qilinadi. Bir-biringizni qo'llab-quvvatlab, xursandchiliklarni bo'lish, hamdard bo'lish, bir-biringiz uchun suyanch bo'lishingiz kerak. Guruh dasturlariga kelsak, bunda jamoaviy ruh juda muhim. Bu sinxron suzishning eng qiyin qismi. Oldin aytib o'tganimdek, menimcha, har bir sportning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor va sinxron suzish ham bundan mustasno emas.

Qiziqarli hikoya

Men murabbiy sifatida to'qnash kelgan bir qiziq voqeani aytib beraman. Budapeshtda bo'lib o'tgan 2017 yilgi jahon chempionatida jamoamizning qo'shma dastur chiqishida sportchilardan biri tasodifan burnidagi «qisqich»ni tushirib qo'ydi (qisqichsiz texnik elementlarni bajarish ota mushkul, chunki sportchilar pastga qarab suzishadi). Dasturning endi yarmi o'tib bo'lgan edi. Ammo bizning, Anastasiya Ruzmetova, zaxira «qisqich» qo'yish uchun vaqt topolmay, dasturni uzilishsiz yakunladi va buni hech kim payqamadi. Buni men sport ruhi, katta tajriba va chiqish paytida butun jamoa uchun masuliyat deb hisoblayman.

Mening orzuim

Menimcha, har bir sportchi va murabbiyda Olimpiya o'yinlari kvalifikaciyadan o'tish – bu eng katta orzu. Zamonaviy o'zbek sinxron suzish tarixida Olimpiya o'yinlariga hali licenziya olinmagan. Biz, milliy terma jamoa murabbiylari, ushbu orzuni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz.

O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing