09 okt 12:06
Yangiliklar
Toshkentda suzish bo'yicha Jahon kubogi boshlandi
Musobaqada 40 ta mamlakatdan kelgan 230 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ochilish marosimida World Aquatics, Osiyo Olimpiya kengashi, O'zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari, Uzbekistan Aquatics federaciyasi hamda boshqa tashkilotlar rahbariyati qatnashdi.
Marosimda so'zga chiqqan rasmiylar mazkur turnir O'zbekiston tarixida suzish bo'yicha o'tkazilayotgan eng yirik musobaqa ekanini takidladi. SHuningdek, mamlakatda suv sporti turlari rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Rasmiy qism yakunlangach, musobaqa dasturidan o'rin olgan final bahslariga start berildi. Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon kubogi bosqichida 40 davlatdan 230 nafar sportchi g'oliblik uchun bahs olib boradi. Musobaqa 10 oktyabrga qadar davom etadi.

















Fikrlar