24 sen 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Yuner Dortikos rossiyalik bokschini nokautga uchratdi
AQSHning Texas shtati San-Antonio shahrida Butunjahon boks superseriyasining 1/4 finalidan o'rin olgan jang bo'lib o'tdi.
Birinchi og'ir vazn toifasida WBA (Regular) chempioni kubalik Yuner Dortikos rossiyalik Dmitriy Kudryashovga qarshi ringga ko'tarildi. Jang ikkinchi raunddayoq yakuniga etdi.
Dortikosning o'ng qo'lda bergan kuchli zarbalaridan so'ng rossiyalik bokschi nokdaun holatiga tushib qoldi. Dmitriy o'rnidan arang turishga muvaffaq bo'ldi, lekin referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar