So’nggi yangiliklar

12:5330 январь - ЎФА конгресси ва тақдирлаш маросими 0 12:32Арман Царукяннинг RAF Лигасидаги янги рақиби эълон қилинди 0 12:11Шахматчиларимиз Рустам Қосимжонов ва англиялик мураббий қўл остида машғулот олиб бормоқда (ФОТО) 0 11:50Петр Ян: "UFC унга реваншни кафолатлаб берди" 0 11:29Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда 0 11:08Фазлиддин Эркинбоев Саиджамшид Жафаров билан бўлган икки жангини эслади 0 10:47Арман Царукян UFC раҳбариятидан узр сўради 0 10:26Кудерметова Манила турнирининг 1/8 финалида кортга чиқди 0 10:05Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади 0 09:44Расман. Бектемир Мелиқўзиевнинг рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди. Ҳамюртимиз йирик бокс оқшомида рингга чиқади 0 09:23Тахмина Икромова жароҳатдан фориғ бўлмоқда — манба 0 09:02Tata Steel Chess 2026. Ўзбек дербиси бўлиб ўтди. Турнир жадвалида вазият ўзгардими? 0 08:41PWL 11. Заурбек Сидаковнинг Тошкентдаги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 08:20Футзал. Осиё чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди (Натижалар) 0 07:59Конор Бенн Шаҳрам Ғиёсов даъвогар бўлган WBA камари учун жанг қилмоқчи 0

28 jan 11:29
Yangiliklar

Futbol

Yurgen Klopp Germaniyada yangi liga tashkil etish ustida ishlamoqda

Liverpulning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniyada yangi futbol ligasini yaratish rejalari ustida ish olib bormoqda.

Manbaga ko'ra, Klopp U-21 yosh toifasi uchun alohida liga tashkil etishni maqsad qilgan. Ushbu liga yosh futbolchilarga Bundesligaga o'tishdan oldin etarlicha o'yin amaliyoti to'plashga yordam berishga qaratilgan. Loyiha ustida Klopp Markus Kryoshe, Sami Xedira, Andreas Rettig va Mark Lenc bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Takidlanishicha, yangi liga yaratish g'oyasi yosh istedodlarning asosiy jamoalarga kirib borishi tobora qiyinlashib borayotgani bilan bog'liq xavotirlar ortidan paydo bo'lgan.

Tashabbuskorlar fikricha, hozirgi tizimda qator muammolar mavjud. Jumladan, Germaniyaning atigi 9 ta akademiyasi Evropadagi eng samarali 100 akademiya qatoriga kiradi. SHuningdek, Bundesliga Evropa beshta etakchi chempionati orasida o'z akademiyasida etishib chiqqan futbolchilar soni eng kam bo'lgan liga hisoblanadi. Bundan tashqari, chempionatdagi o'yin vaqtining 85 foizi akademiya tizimidan o'tmagan futbolchilar hissasiga to'g'ri keladi.

Ayni paytda Yurgen Klopp "Red Bull" tuzilmasi doirasida global futbol yo'nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing