20 jan 11:44
Yangiliklar
Yurgen Klopp o'z kelajagi haqida bayonot berdi
"Men futbol jamoasini boshqara olishimni yaxshi tushunaman, ammo bu butun umrim davomida albatta murabbiy bo'lib ishlashim kerak, degani emas. Men o'zimni boshqa yo'nalishlarda ham sinab ko'rishni istadim.
"Red Bull" kompaniyasi menga mos keladigan rolni taklif qildi. Biz bu vazifani bosqichma-bosqich, birgalikda shakllantirdik. Hozir men o'zimni to'liq komfortda his qilyapman — qaerda bo'lsam, shu joy menga maqul. Boshqa joyda bo'lish istagi yo'q. Ilgari bilmagan juda ko'p insonlar bilan tanishdim, ko'plab ishbilarmonlik uchrashuvlarida ishtirok etdim, hatto avval uchramagan so'zlarni ham o'rgandim.
Bu rostdan ham, juda yaxshi davr bo'ldi. Bir yil ichida besh yilga teng tajriba orttirdim", — deya Kloppning so'zlarini The Athletic nashri keltiradi.
Ayni paytda Yurgen Klopp "Red Bull" tuzilmasida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar