03 jan 13:23
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" "Atletiko" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Aleksandr Syorlot Turinning "Yuventus" klubi qiziqishini uyg'otdi, deb xabar beradi Football Espana.
Turin klubi Aleksandr Syorlotni "Yuventus" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladigan Dushan Vlahovichning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda. Italiyaliklar hujumchiga asosiy tarkibni taklif qilishga tayyor. "Atletiko" futbolchi uchun 32 million evro so'ramoqda.
Avvalroq hujumchiga "Liverpul", "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Aleksandr Syorlotning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Bu mavsumda norvegiyalik futbolchi "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Havola :
Fikrlar