14 okt 19:20
Yangiliklar
Futbol
"Yuventus" muxlislari klub prezidenti istefosini talab qilishmoqda
Turin klubi muxlislari CHempionlar Ligasi guruh bosqichining "Makkabi"ga qarshi o'yini oldidan klub prezidenti Andrea Anelliga qarshi bir nechta matnli bannerlarni joylashtirdilar.
"Football Italia" xabariga ko'ra, bannerlardan birida muxlislar turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini himoya qilishgan.
Bannerda shunday yozilgan edi: "Janob Allegri hech qachon nafaqaga chiqmaydi! Unga qarshilik qilayotganlar "Yuventus" libosini kiyishga noloyiq". Yana bir bannerda muxlislar klub prezidentini istefoga chiqirishni talab qilishgan: "Anelli, ket!"
Havola :
Manba : Football Italia
Fikrlar