11 may 17:44
Yangiliklar
Dzyudo

Zafarobodda dzyudochilar bellashuvi
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani BO'SMda viloyat DXX, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va tuman hokimligi hamkorligida O'zbekiston yoshlari jinoyatchilikka qarshi shiori ostida dzyudo bo'yicha bolalar va o'smirlar o'rtasida viloyat ochiq birinchiligi o'tkazildi.
Musobaqada Jizzax viloyatining tumanlaridan tashqari Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoalaridan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishdi.
Umumjamoa hisobida Samarqand viloyati jamoasi 1-o'rinni, Buxoro viloyati jamoasi 2-o'rinni va mezbonlar 3-o'rinni egallashdi.
G'olib va sovrindorlar diplom va medallar, qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. O'z vazn toifasida birinchi o'rinni egallagan har bir sportchiga tashkilotchilarning maxsus sovg'asi – kimono taqdim etildi.
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Havola :
Manba : Goskomsport.uz
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar