29 mar 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Zamonamizning eng kuchli superog'ir vaznli bokschisi aytildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker zamonamizning eng kuchli ushbu divizion vakili kimligini aytdi.
Yangi Zelandiya bokschisi hozirda WBC chempioni bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyurini superog'ir vazn toifasining eng kuchlisi deya atadi.
"Fyuri Deontey Uaylder bilan ikkita jang o'tkazdi. Birinchi jangda durang natija qayd etildi. Lekin o'shanda Tayson g'alaba qozongandi. Bu mening shaxsiy fikrim. Revanshni esa hamma ko'rdi va unga izoh shart emas.
SHu sababdan ham aynan Fyurini zamonamizning eng kuchli og'ir vaznli bokschisi deb hisoblayman. U Vladimir Klichkoni chempionlik kamarlaridan mahrum qildi. Tushkun holatdan chiqib ketdi va yana qaytib Uaylderni kamarsiz qoldirdi. Bu ulkan natija", - deya Parkerning so'zlarini keltirmoqda talkSPORT.
Havola :
Fikrlar