14 iyu 04:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashev UFCda debyut qildi
O'zbekistonlik MMAchi Zarrux Adashev UFCda ilk jangini o'tkazdi.
UFC on ESPN 10 turniri doirasida Adashev amerikalik Tayson Nemga qarshi oktagonga chiqdi.
3 raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Afsuski, jang boshidayoq Adashev raqibning kuchli qo'l zarbasini o'tkazib yubordi va nokaut holatiga tushib qoldi. SHu tariqa, hamyurtimizning UFCdagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar