17 iyu 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashev UFCdagi debyut jangi uchun qancha gonorar oldi?
Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHning Las-Vegas shahrida UFC turniri o'tkazilgandi.
Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Vegas 2 turniri doirasida hamyurtimiz Zarrux Adashev ushbu promoushendagi debyut jangini o'tkazgan edi. Amerikalik Tayson Nemga qarshi oktagonga ko'tarilgan Zarrux birinchi raundning o'zida nokautga uchragandi.
Tashkilotchilar turnir ishtirokchilarining kafolatlangan gonorarlarini elon qildi. Zarrux Adashev debyut jangidan 14 000 dollar ishlab olgan. Lekin vazn qila olmagani uchun gonorarning 20 foizidan mahrum bo'ldi. Tayson Nem esa 28 000 dollar hamda chiroyli g'alabasi uchun yana qo'shimcha 50 000 dollar bonusga ham ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar