12 iyu 22:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Zarrux Adashev UFCdagi debyut oldidan taroziga chiqdi (FOTO)
Xabar berib o'tganimizdek, hamyurtimiz Zarrux Adashev endi UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazadi.
Adashev yakshanba tongida UFC on ESPN 10 turniri doirasida ilk jangini o'tkazadi. Ushbu bahsda sportchimizga mezbon Tayson Nem raqiblik qiladi.
Biroz avval ushbu jang ishtirokchilari taroziga chiqishdi. Unga ko'ra, Adashev 138.5 funt (62,6 kg) vazn qayd etdi. Qayd etish lozimki, Zarrux o'z janglarini ikkinchi engil vazn toifasida (135 funt yoki 61 kg) o'tkazadi. Afsuski, u belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Bu sabab u gonorarining bir qismidan mahrum bo'ladi. Sportchimizning raqibi Tayson Nem esa 135.5 funt (61,2 kg) tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang Toshkent vaqti bilan yakshanba tongiga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar