23 fev 07:54
Yangiliklar
Tennis
Zverev Akapulko turnirini g'alaba bilan boshladi
Jahonning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli start oldi.
Germaniyalik raketka ustasi musobaqaning ilk davrasida ATR reytigida 47-o'rinda borayotgan Jenson Bruksbiga qarshi bahs olib bordi. Uch soatu 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda Zverev raqibini 3/6, 7/6, 6/2 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Zverev oldinda boryapti - 2:0. Endi u Abierto Mexicano Telcel turnirining ikkinchi davrasida polshalik Peter Goyovchikka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar