So’nggi yangiliklar

16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:29Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда 0 13:06"Исламни нокаут қила оламан" - Илия Топурия 0 12:45Курашчиларимиз Осиё чемпионатида яна 5 та медални қўлга киритишди 0 12:24Ислам Махачев: "Делла Маддалена билан жанг оғир бўлади" 0 12:03"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи 0 11:42"Гладиатор" Парижда жанг қилади 0 11:21Усман Нурмагомедов кейинги жанги қачон бўлишини айтди 0

17 jan 13:26
Yangiliklar

Gandbol, Qiziqarli!

130 kilogrammlik gandbolchini ko'rdingizmi? Kongolik pahlavon jahon chempionatida ajoyib harakat qilmoqda (+VIDEO)

Teglar :  Gandbol
Misrda o'tkazilayotgan qo'l to'pi bo'yicha jahon chempionatining birinchi turi o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqa doirasida o'tkazilgan Argentina va Kongo Demokratik Respublikasi o'rtasidagi o'yin barchani hayratga soldi. Kongoliklar jahon chempionati tarixida o'zlarining birinchi o'yinlarini o'tkazishdi. Garchi jamoa 22:28 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham bu tarixiy hodisaga aylandi.

Bu o'yindagi eng hayratlanarli hodisa 130 kilogramlik gandbolchi Gote Mvumbi bo'ldi. Keling ushbu gandbolchi bilan tanishamiz:

1) Mvumbi 26 yosh, Franciyada tug'ilgan va "Dreux AC" havaskor klubida faoliyat olib borgan. 

2) Argentina bilan o'yinda u 11 daqiqa harakat qildi va 100 foizlik natija ko'rsatdi. 4ta zarba va 4ta gol.


3) CHempionatning rasmiy saytida Mvumbining bo'yi 176 sm, og'irligi 89 kg. deb ko'rsatilgan. Translyaciya vaqtida esa biroz boshqacha malumot yangradi: 192 sm, 110 kg. Lekin, "La nacion" nashrining xabar berishicha Mvumbi hozirgi kunda 130 kg. og'irlikka ega. 

4) Kongolik "bo'g'irsoq" so'nggi o'yinini 2020 yilning oktyabr oyida o'tkazgan va katta ehtimol dam olish paytida ortiqcha vazn to'plagan.

"Men hech qachon Daniya kabi terma jamoalarga qarshi o'yin o'tkazamiz deb o'ylamagan edim. Lekin, bizda yo'qotadigan hech narsa yo'q. Ularda ham, bizda ham ikkita oyoq va qo'llar bor", - deya o'z fikrlarini bildiradi Gote Mvumbi.

Kongo Demokratik Respublikasi maydoni bo'yicha Afrikadagi ikkinchi mamlakatdir. Ushbu mamlakat gandbolda u qadar katta natijalarga erishmagan. Kongoning eng yaxshi natijasi 1992 va 2010 yilgi Afrika chempionatlaridagi 4-o'rin hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing