17 iyu 08:48
Yangiliklar
Gandbol

Gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari aniqlandi + FOTO
Samarqand shahrida gandbol bo'yicha U 18 jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur mamlakat birinchiligida respublikamizning turli hududlaridan jami 15 ta jamoa, 240 nafar ishtirokchi qatnashdi. Mazkur chempionat milliy terma jamoamizga munosib sportchilarni saralab olishda muhim bosqich hisoblanadi.
Xususan, shu asosda joriy yilning oktyabr oyida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasida Osiyo o'yinlarida qatnashuvchi terma jamoa tarkibi shakllantiriladi.
Yakuniy natijalar quyidagicha:
Yigitlar o'rtasida:
1. Samarqand viloyati
2. Navoiy viloyati
3. Namangan viloyati
Qizlar o'rtasida:
1. Samarqand viloyati
2. Jizzax viloyati
3. Xorazm viloyati
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar