So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

18 noy 18:41
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

2021 yilgi o'smirlar o'yinlari Olimpiya talimi dasturini o'z ichiga oladi

Kelgusi yil Xitoyning SHantou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo olimpiya kengashining (OOK) yosh sportchilar o'rtasida o'tkaziladigan 3-Osiyo o'yinlari (O'OO') qitaning eng yaxshi musobaqasi bo'lishi kutilmoqda.

Tadbir Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan taqdim etiladigan olimpiya talimi dasturlarini, shuningdek, OOKning 45ta milliy olimpiya qo'mitalarining sanat va madaniyat ko'rgazmalarini qamrab olishi rejalashtirilgan.

Dushanba kuni OOKning Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi va SHantou-2021 o'smirlar Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi o'rtasidagi onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

«Menimcha, bu XOQ tomonidan Osiyo o'smirlar o'yinlariga talim yo'nalishlarini kiritish bo'yicha eng yaxshi tashabbusdir», dedi OOKning umrbod vice-prezidenti Raja Randxir Singx.

«XOQ va OOK ushbu dastur ustida birgalikda ish olib borishi va Osiyodagi yoshlarga talim berish, ular qanday qilib sport orqali tinchlik va farovonlikka hissa qo'shishlari mumkinligini namoyish etishlari juda muhimdir», deya qo'shimcha qildi Raja Randxir.

XOQning singapurlik vice-prezidenti, shuningdek, OOK Maslahat qo'mitasining raisi hisoblanadigan Ser Miang XOQning o'smirlar Olimpiya o'yinlari talim vositalari bilan OOK o'rtasida uzviylikni taminlaydi. XOQ beshta qita associaciyalarini Dakar shahrida o'tadigan navbatdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarining 2022 yildan 2026 yilga qoldirilishi munosabati bilan taklif etilayotgan dasturlarini qabul qilishga chaqirmoqda.

«Ishonchim komilki, kelgusi yil ushbu dastur SHantou o'smirlar o'yinlarida haqiqatan ham dolzarb va foydali bo'ladi», dedi u.

XOQning yoshlar talimi dasturining beshta asosiy yo'nalishi: Olimpiya qadriyatlari, jarohatlarning oldini olish, sportdagi taqib va suiistemol qilish, faoliyatni rivojlantirishni boshqarish va musobaqada jarayonida manipulyaciya qilish muammolarini o'zi ichiga oladi

Uchinchi Osiyo o'smirlar o'yinlari 2021 yil 20-28 noyabr kunlari Xitoy janubidagi Guandun viloyatining port shahri – SHantou shahrida bo'lib o'tadi. O'smirlar Olimpiya o'yinlari 2022 yilda o'tkazilmagani bois sportchilarning yosh chegarasi 18 yoshgacha – odatdagidan bir yosh katta qilib belgilandi.

Muvofiqlashtiruvchi komissiya yig'ilishida quyidagi masalalar muhokama qilindi: O'OO'ning sport dasturi, unga muvofiq sportning 18 turi bo'yicha musobaqalar, shuningdek, 158 ta tegishli tadbirlarni o'tkazish rejalashtirilgan; obektlarni qurish; marketing; mashala estafetasi, shuningdek, tibbiyot va antidoping.

Tashkilotchilar so'zlariga ko'ra, musobaqani o'tkazish uchun 25 ta obekt jalb qilinadi va qurilish ishlarining umumiy hajmi 65 foizni tashkil qiladi. SHantou universiteti sport markazi O'OO'ning, shu jumladan, ochilish va yopilish marosimlari, futbol va gimnastika musobaqalarining asosiy markaziga aylanadi.

Talabalar shaharchasining bir qismi olimpiyachilar qishlog'idan iborat bo'lib, ularning umumiy sig'imi 4000 sportchi va OOKning 45 ta milliy olimpiya qo'mitasi vakillariga mo'ljallangan.

Mashalani yoqish marosimi 21 iyun kuni Nan`Ao orolining sayyohlik zonasida bo'lib o'tadi va 28 iyun kuni SHantou dengiz sayri tarixiga bag'ishlangan estafeta poygasi doirasida mashala kruizi tashkil etiladi.

Uchrashuv natijalarini sarhisob qilgan OOK Bosh direktori Husayn Al-Musallam quyidagilarni takidladi: «Biz COVID-19 tasirini hisobga olgan holda sport va madaniy dasturlar, shuningdek, o'yin protokolini o'z ichiga olgan barcha muhim masalalarni muhokama qildik».

«Biz milliy olimpiya qo'mitalari va sportchilarni o'z mamlakatlaridan chiqishidan oldin, Xitoyga kelishi va SHantou shahridan ketishidan avval ularga oid umumiy ko'rsatmalarni yakunlashimiz kerak.»

OOKning birinchi Osiyo o'smirlar o'yinlari 2009 yilda Singapurda, 2013 yilda Xitoyning Nankin shahrida bo'lib o'tgan. Ikkala tadbir ham 2010 yilda Singapurda va to'rt yil o'tib Nankinda o'tgan XOQ yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun tayyorgarlik mashqlari bo'lib xizmat qildi.

Uchinchi O'OO' 2021 yilga qoldirilgandan so'ng, to'rtinchi o'yinlar 2025 yilda Toshkentda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing