So’nggi yangiliklar

09:05Бугун уч нафар боксчимиз Таиланддаги халқаро турнирда жанг қилади 0 08:17Билол Муҳаммад мағлубияти сабабини айтди 0 07:08Дзюдочиларимиз учинчи кунги беллашувларда 13 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 21:17Ла Лига. "Реал"да ғалаба, Модрич "Қироллик клуби"даги сўнгги ўйинини ўтказди 0 19:21Оливейра – Топурия жанги ҳақида: "Топурия кучли зарбага эга, аммо у янги вазн тоифасига ўтди" 0 18:57АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди 0 18:35Жон Жонс ММАдаги фаолиятини тугатдими? Спортчи жавоб берди 0 18:02UFC жангчиси Дана Уайт ўзи учун 1 миллион доллар тўлаб бергани ҳақида гапириб берди 0 17:33Thailand Open. Биринчи кунги беллашувларнинг барчасини ғалаба билан якунладик 0 17:07Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум 0 16:46Чарльз Оливейра: "Агар Делла Маддалена Махачевга имкон бериб қўйса, ҳаммаси тугайди" 0 16:19Россия фигурали учиш федерацияси Ижроия қўмитаси Иван Поповнинг Ўзбекистонга ўтишига рухсат бермади 0 15:48Маҳмуд Мурадов камар учун жанг қиладиган Oktagon 72 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:21БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади? 0 15:00Рамазон Темиров: "Камаргача боришим учун UFC'нинг ўзи яхши рақиблар беряпти" 0

25 avg 22:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Yangi rahbariyat saylovi, hisobot va yangi logotip loyihasi. O'zbekiston boks federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi

Bugun, 25 avgust kuni Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston boks federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi tashkil etildi.

Ushbu konferenciyada O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, Davlat bojxona qo'mitasi raisi Akmalxo'ja Mavlonov, O'zbekiston boks federaciyasi ijroqo'mi azolari, federaciyaning hududiy bo'limlari rahbarlari, boks faxriylari hamda xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

Hisobot-saylov konferenciyasi kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgandi:

O'zbekiston boks federaciyasining 2018-2022-yillarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot,

O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati va rahbar organlariga yangi nomzodlarni saylash,

O'zbekiston boks federaciyasi Ustavining yangi tahriri va yangi logotipini tasdiqlash.

Konferenciya avvalida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov so'zga chiqdi va ortda qolgan to'rt yil ichida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. 


SHundan so'ng Murodjon Mamadaliev O'zbekiston boks federaciyasining 2018-2022-yillarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotni taqdim etdi. Unda o'zbek bokschilarining ortda qolgan yillar davomida erishgan yutuqlari, qilingan ishlar, moliyaviy masalalar bo'yicha axborot berildi. 


SHuningdek, Konferenciyada boks bo'yicha yoshlar va milliy terma jamoalarning ham so'nggi 5 yilda erishgan yutuqlari bo'yicha malumotlar berildi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi yillarda quyidagicha natija qayd etgan: 

2018 yil – 32 ta oltin, 23 ta kumush, 25 ta bronza,

2019 yil – 26 ta oltin, 21 ta kumush, 48 ta bronza,

2020 yil – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza,

2021 yil – 29 ta oltin, 17 ta kumush, 27 ta bronza,

2022 yil (birinchi yarim yillik) – 45 ta oltin, 21 ta kumush, 25 ta bronza.

Kun tartibidan o'rin olgan navbatdagi masala – O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati tarkibini saylash bo'ldi. Bunda Konferenciyaga taklif etilgan 50 nafar delegat saylov jarayonida faol ishtirok etishdi.

O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga Polatov Saken Djetebaevich nomzodi ilgari surildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan maqullandi. SHunday qilib S.Polatov ushbu lavozimga navbatdagi muddatga saylandi.


O'zbekiston boks federaciyasi raisining o'rinbosari lavozimiga Davlat bojxona qo'mitasi raisi Mavlonov Akmalxo'ja Yusupovich nomzodi ilgari surildi. Delegatlar tomonidan ushbu nomzod ham bir ovozdan maqullandi.



Navbatdagi saylov jarayoni federaciya Bosh kotibi lavozimi uchun o'tkazilib, bu lavozimga Tillaboev SHohid Gapparjonovich nomzodi tavsiya etildi. Saylov natijalariga ko'ra SH.Tillaboev bir ovozdan O'zbekiston boks federaciyasi Bosh kotibi lavozimiga saylandi.


SHundan so'ng Saken Polatov so'zga chiqib, oldinda turgan rejalar haqida gapirdi. 

Hisobot-saylov Konferenciyasi yakunida Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov so'zga chiqib, yangi saylangan boks federaciyasi rahbarlariga ushbu masuliyatli vazifalarda muvaffaqiyat tiladi.

Konferenciya yakuniga etgach, O'zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi rasman tanishtirildi va ular ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 


Tadbirdan video va suratlarni tomosha qiling.






Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing