24 may 16:19
Yangiliklar
Qishki sport turlari

Rossiya figurali uchish federaciyasi Ijroiya qo'mitasi Ivan Popovning O'zbekistonga o'tishiga ruxsat bermadi
Figurali uchuvchi Ivan Popovning O'zbekiston terma jamoasiga transferi maqullanmadi.
Bu haqda TASS nashri o'z manbasiga tayanib, xabar bermoqda.
"Rossiya figurali uchish federaciyasi Ijroiya qo'mitasi Ivan Popovning O'zbekiston terma jamoasiga o'tishiga ruxsat bermadi", deyiladi manba xabarida.
20 yoshli Popov Irina Smirnova qo'l ostida shug'ullanadi. 2024/25 yilgi mavsumda figurali uchuvchi Rossiya chempionatida 8-o'rinni egallagandi, shuningdek, Gran-pri finalida ham u sakkizinchi natijani qayd etgan.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar