24 may 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Dana Uayt o'zi uchun 1 million dollar to'lab bergani haqida gapirib berdi
42 yoshli UFC sobiq chempioni Keyn Velaskesning aytishicha, 2022 yilda u qamoqqa tushganida UFC prezidenti Dana Uayt uni ozod qilish uchun 1 million dollarlik kafolat pulini to'lagan.
"Dana buni intervyuda gapirganmi-yo'qmi, bilmayman, ammo u men uchun 1 million dollarlik kafolat pulini to'ladi. Menga yordam berishyapti", — dedi Velaskes MMA Fighting'ga.
Eslatib o'tamiz, 2022 yil fevral oyida Velaskes o'z farzandiga tegajoqlik qilishda gumonlangan shaxs — Garri Gularte ortidan avtomagistralda quvib borgan va o'z pikapi ichidagi quroldan uning mashinasiga qarata o'q uzgan. SHu sababli u hibsga olingan edi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar