16 may 10:25
Yangiliklar
Dzyudo, Futbol
Italiyada mashg'ulot o'tkazayotgan dzyudochilarimiz Eldor SHomurodov bilan uchrashishdi + FOTO
Xabaringiz bor, shu kunlarda terma jamoamiz dzyudochilari Italiya poytaxti Rim shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishyapti.
Kecha futbolga befarq bo'lmagan Muzaffarbek To'raboev va SHahzodxo'ja SHaripov bir necha yildan beri Italiya chempionatida o'ynayotgan, hozirda mashhur "Roma" klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov bilan uchrashishdi.
"Italiyadagi xalqaro dzyudo yig'inimiz chog'ida futbolimiz yulduzi Eldor SHomurodov bilan uchrashdik. Hujumchimiz bizga Rim shahrini yaqindan tanishtirdi – bu juda qiziqarli va samimiy uchrashuv bo'ldi. Eldor aka, bu ajoyib uchrashuv uchun minnatdormiz!", - dedi To'raboev.



Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
08:31
ATFC 25. Humoyun To'xtamurodov ishtirokidagi jang birinchi raundning o'zida yakunlandi (VIDEO) 0
Fikrlar