24 may 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Thailand Open. Birinchi kungi bellashuvlarning barchasini g'alaba bilan yakunladik
Bugun Bangkok shahrida (Tailand) boks bo'yicha Thailand Open xalqaro musobaqasi boshlandi.
Xalqaro turnirning birinchi kungi bahslari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar vakili ringga ko'tarilib, yakunda ularning barchasi g'alaba qozondi.
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Vlasiuk Maksim (Ukraina) 3:2
-54 kg: Feruza Kazakova - Inna Statkevich (Ukraina) 5:0
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Yadav Hemant (Hindiston) 5:0.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar