So’nggi yangiliklar

11:14Рамазон Темировнинг Асу Алмабаев билан жанги бекор бўлишига допинг сабаб бўлди 0 10:53Оғир атлетика: Осиё чемпионатининг навбатдаги кунида 20 та медаль қўлга киритилди 0 10:32Макс Холлоуэй UFC'да яна нечта жанги қолганини айтди 0 10:11Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди 0 09:50Боксчи қизларимиз Чин юртига жўнаб кетишди 0 09:29Илия Топурия UFC’даги асосий мақсадини очиқлади 0 09:08Спорт вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтди 0 08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0

14 iyu 07:30
Yangiliklar

Futbol

Hua Shan Cup: O'zbekiston CHexiyaga, Xitoy Yaponiyaga yutqazdi

Xitoyning Veynan shahrida 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Hua Shan Cup xalqaro turniri start oldi.

O'zbekiston o'smirlar termasi ilk o'yinni CHexiya U-15 termasiga qarshi o'tkazdi. Gollarga boy kechgan bellashuvda Dilshod Nuraliev shogirdlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekiston U-15 termasida yagona golga Diyor Rahimqulov mualliflik qildi. Mezbon Xitoy o'smirlari esa yaponiyalik futbolchilarga 0:4 hisobida yutqazdi.


Hua Shan Cup. Xitoy, Veynan

CHexiya U-15 – O'zbekiston U-15 - 3:1

Gollar: David Krajinskiy (16), Adam Xlojek (67), David Pech (90+2) – Diyor Rahimqulov (69)

CHexiya U-15: Ondrey Mastni, Yaxim Sip (Josef Knedla, 71), Adrien Kudelka, David Krajinskiy, Voytex Voyatske, Antonin Svoboda (Viktor Frayzinger,61), Adam Xlojek, Enriko Kanales (David Pech, 61), Petr Novachek (Vaslav Seyk, 71), Martin SHimek, Yozef Kozelux (Filip Zuxar, 52).

O'zbekiston U-15: Mo'minmirzo Qodirov, Sardor Abdurashidxo'jaev (Xurshid Ubaydullaev, 46), Jasur Abdulbekov, Temur Mamasiddiqov, Diyor Rahimqulov, Mirjalol Qosimov (Murod Xo'jamberdiev, 43), Jasur Jaloliddinov (Miraziz Saidov, 86), Mironshoh Sattorov (Azamat Abduhalilov, 86), Doniyor Sobirov, Muhammadyusuv Nosirov, Igor CHirkizov (Ruslan Ro'ziev, 46).


Hua Shan Cup xalqaro turniri 17 iyulga qadar davom etadi. Qolgan o'yinlar taqvimi bilan quyida tanishing.

15 iyul, shanba

13:00  O'zbekiston – Xitoy 
16:35  Yaponiya – CHexiya

17 iyul, dushanba

13:00  Yaponiya – O'zbekiston 
16:35  Xitoy – CHexiya

Xitoydagi xalqaro musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing