09 iyu 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey UFC'da yana nechta jangi qolganini aytdi
BMF kamari sohibi Maks Xollouey faoliyatini yakunlashdan oldin yana necha jang o'tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Men divizionning top jangchilariga qarshi raqobatlashish imkoniyati bo'lganicha, jang qilishda davom etaman. Qachonki kurasha olmayotganimni his qilsam — tugatish vaqti etib kelgan bo'ladi. Idealda aytganda, menda yana ikki yil va to'rtta jang bor. Balki beshta jang, ikki yoki uch yil. Vaqt ko'rsatadi", — dedi 33 yoshli amerikalik jangchi.
Havola :
Manba : Fightnews
Fikrlar