09 iyu 08:26
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Karlos Alkaras 1/2 finalda!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras Uimbldon turnirining yarim finaliga etib keldi.
Ispaniyalik tennischi 1/4 final bahsida ATP reytingida 61-o'rinni egallab turgan britaniyalik Kemeron Norrini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos oldinda bormoqda - 5:2.
Alkaraz 101 daqiqa davom etgan bahsda 13, Norri 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Karlos The Championships final chiptasi uchun amerikalik Teylor Fricga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar