09 iyu 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya UFC’dagi asosiy maqsadini ochiqladi
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya o'zining asosiy maqsadi - UFC’da uchta vazn toifasida chempion bo'lish ekanini yana bir bor tasdiqladi.
— UFC tarixida hech kim uchta turli vazn toifasida chempion bo'lmagan. Siz uchun navbatdagi maqsad shundan iboratmi?
— Menga bu savolni bermang (kulgan holda). Lekin, ha, bu mening maqsadim, — deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi Abc.es portali.
Avvalroq Topuriya UFC rahbariyati undan hozircha yarim o'rta vaznga o'tish haqida gapirmaslikni so'raganini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : ABC Spain
Fikrlar