08 iyu 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya: "Men Arman Carukyanni finish qilaman"
UFC jangchisi Iliya Topuriya Arman Carukyanni parterda kuchli deb hisoblamaydi va agar ular jang qilsa, rossiyalikni muddatidan oldin mag'lub etishini aytdi.
"Uning CHarlz Oliveyraga qarshi jangini ko'rdingizmi? U necha marta taslim bo'lishga yaqin keldi? Sizni ishontiraman, men Arman Carukyanni finish qilaman!", — dedi Topuriya.
Avvalroq, Carukyan o'z intervyusida Topuriyani parterda mag'lub etishini vada qilgan edi:
"Men uni parterga o'tkazaman, nazorat qilaman va yo'q qilaman. Men uni parterda finish qilaman — u qutula olmaydi. U faqat boksda yaxshi", — degan edi rossiyalik.
Havola :
Manba : ABC Spain
Fikrlar