So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

08 noy 21:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdumalik Halakov: G'alaba qozonish uchun o'lishga ham tayyor edim

-60 kg vaznda O'zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo'lgan Abdumalik Halakov taqdirlash marosimidan so'ng intervyu berdi.

"Aslida musobaqada qatnashishim kerak emas edi. SHifokorlar ham biroz muddat jang qilishni taqiqlashgandi. "Zolotaryov turniri"da qoshim jarohatlangandi. Ota-onam, murabbiyim Allohga tavakkal qilib ishtirok etever deb qo'llab-quvvatlashdi. Finalda jarohatim haqida o'ylamadim ham. YO yutaman, yoki o'laman deb jang qildim. G'alaba qozonish uchun o'lishga ham tayyor edim rostini aytsam (kuladi). Sog'ligimni garovga qo'yib tavakkal qilishdan qo'rqmadim. CHunki Allohga ishonsangiz, u sizga xohlagan hamma narsangizni beradi".


SHahram G'iyosov intervyularining birida "Hozirgi terma jamoada texnikasi eng kuchli bokschi Abdumalik Xalakov. Uning jang uslubi menikiga o'xshaydi" degan. Siz shu fikrga qo'shilasizmi mazmunidagi savolimizga quyidagicha javob oldik:

-Jang uslubimizning bazi jihatlari o'xshash. Hamma har xil qaraydi. SHahram akamga rahmat. Tez-tez yozishib turamiz. Menga doim maslahat berib turadilar.

-Agar G'iyosov bilan bir davrda terma jamoada bo'lganingizda kim birinchli raqamli bo'lar edi?

-Men bilan SHahram G'iyosovni tenglashtirish... Ularni akamdek ko'raman. SHahram akam Jahon chempioni, Olimpiada kumush medali sohibi. Har kim ham bunday natijalarga erisholmaydi.Ular jang qilganlarida biz televizorda ko'rib havas qilardik. Motivaciya olardik, mana akalarimiz shunaqa pog'onalarni zabt etyapti. Biz nega ularni yutuqlarini davom ettirmasligimiz kerak deb oldinga qadam tashlardik. SHahram G'iyosovning natijalarini takrorlashga harakat qilaman. Lekin hammasi Allohdan. Nima bo'lishini oldindan aytish qiyin.


Murabbiyim haqida gapiradigan bo'lsam, juda yaxshi inson. Menga otamdek qaraydilar. Kechalari uxlamay men haqimda o'ylaydilar. Davron aka Gafurov Allohni menga yuborgan eng katta yordami desam ham bo'ladi.


CHempionat menga nima berdi? Qo'rqmaslikni o'rgatdi. Yaqinlaringiz sizga ishonch bildirib, dalda bo'lishsa, o'zingizga ishonchingiz ortar ekan. Jarohatim jiddiy bo'lishiga qaramasdan taslim bo'lmaslikni o'rgandim. Xattoki, boksdan ko'nglim qoldi. Oilam hammasi yaxshi bo'ladi deb qo'llashdi, o'zlarini kuchlarini menga o'tkazishdi.

Onam janglarimni ko'rolmaydilar. Dadam go'yoki o'zlari ringga chiqqandek xavotir oladilar. Bahslarim oldidan menga yosh bolaga qaragandek parvona bo'lishadi. G'alabamdan so'ng birinchi bo'lib dadamga qo'ng'iroq qildim. CHunki dadamga chempion bo'laman deb vada bergandim. Kecha meni duo qilib o'tirganlarida "Dada menga ishonasizmi?" dedim. Dadam "bolam senga qattiq ishonman" deb javob berdilar. Men esa g'olib bo'lib g'alabamni sizga bag'ishlayman degandim. SHukurki, maqsadimga etdim.


Hozirgi darajamga ancha yil mehnat qilib erishdim. To'g'ri, Alloh tomonidan berilgan iqtidor ham bor. Siz harakat qilaversangiz talantingiz bo'lmasa, yoki tug'ma istedod bo'lib mehnat qilmasangiz hech qanday natija qilolmaysiz. Ikkalasi bir bo'lsa mukammallikka erishasiz"- dedi "Rufat Risqiev kubogi"ning ilk sohibi.

Sarvinoz Raxmonqulova, Xurshida Abdikulova suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

   
08 noy 21:15:40
Mironsho Jabborov
Nmaga hammani olgisi keb qoldi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing