27 iyu 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"U albatta qaytadi". Sobiq chempion Jon Jonsning ketganiga ishonmaydi
UFC’ning sobiq chempioni Israel Adesanya Jon Jons faoliyatini butunlay yakunlaganiga ishonmaydi.
"Menimcha, u albatta qaytib keladi. Men ham og'ir vaznning to'xtab qolganidan norozi bo'lganman. Endi divizion qayta harakatga keladi. Jonning nafaqaga chiqishi — u bilan bog'liq yangi mojaro chiqqani tufayli, xolos. U buni engib o'tadi, so'ng qaytib keladi va Tom Aspinall bilan jang qiladi.
Bu jangda katta pullar o'rtada turadi. Hozir u 20–30 million dollarlik taklif oldi. U qaytguncha bu summa yana oshib ketadi. CHunki Tom shu vaqt ichida ikki-uch marta kamarni himoya qilib, o'z nomini yaratadi", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar