27 iyu 14:38
Yangiliklar
Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz U-17 Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi
Vetnamda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida U-17 yosh toifasida erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Kumush medal:
-51 kg: Ulug'bek Rashidov
-55 kg: Abdumalik Jaloliddinov.
Bronza medal:
-45 kg: Mirjalol Mukammilov
-48 kg: SHahobiddin Nurmanov
-60 kg: Faxriddin Nasriddinov
Musobaqa davomida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan U-17 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.
Ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz esa barcha yo'nalishlarda jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar