27 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men qilgan xatoni sen takrorlama". Sen-Per Maxachevga maslahat berdi
UFC afsonalaridan biri Jorj Sen-Per yarimo'rta vaznga ko'tarilayotgan Islam Maxachevni xatodan ogohlantirdi va unga maslahat berdi.
"Maykl Bisping bilan jang oldidan men qilgan xatoni sen takrorlama. Men vazn to'plashga harakat qilib, tanamni qattiq qiynadim. O'zimni yomon his qilganman. Tabiiy ravishda vazn oshirish juda qiyin. Men o'zimni majburlab ovqat eganman — kuniga besh marta eganman va bu menga katta zarar keltirgan.
SHuning uchun mening vazn oshirmoqchi bo'lgan jangchilarga maslahatim — buni qil, lekin o'zingni majburlab ovqat ema. Eng avvalo, o'z mahoratingni rivojlantirishga etibor ber", — dedi kanadalik jangchi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar