So’nggi yangiliklar

16:16Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз" 0 15:40"Анкалаевга етарлича ҳурмат кўрсатилмаяпти" - Аспиналл 0 15:17Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида кумуш медални қўлга киритган Дулат Бекбауовнинг проф боксдаги илк рақиби ва жанг санаси маълум бўлди 0 14:55Усик — Дюбуа реванши учун "Уэмбли"да трибуналар сони 94 000 тага етказилиши мумкин 0 14:27Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди 0 14:01Махачев: "Навбатдаги даъвогар Царукян бўлиши керак" 0 13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0

04 mar 17:11
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov: "Davlatimiz rahbarining kuchli qo'llab-quvvatlashini his qilyapmiz"

Poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek, biroz avval poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Ushbu tadbir onlayn tarzda amalga oshirildi. Yani, ommaviy axborot vositalari xodimlari marosimda ishtirok etmadi. Tadbirda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bosh sport direktori Vladimir Barta, IJF sport direktori, hamyurtimiz Armen Bagdasarov, IJF Musobaqalarni o'tkazish bo'limi menejeri Lisa Allan, IJF Hakamlar bo'limi direktori Daniel Laskau, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, federaciya raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev ishtirok etdi. 

"Biz uchun g'oyat qadrli bo'lgan Xalqaro dzyudo federaciyasi rasmiylari, yurtimiz mehmonlari serquyosh O'zbekiston zaminiga xush kelibsiz! Sizlarni azim Toshkent shahrida ko'rib turganimizdan behad xursandmiz. Birinchi galda dunyoda saqlanib qolayotgan pandemik vaziyatga qaramay, taqvimdan o'rin olgan bu kabi nufuzli musobaqalarni muvaffaqiyatli tarzda o'tkazib kelayotgan Xalqaro dzyudo federaciyasiga rahmat aytmoqchiman. O'zbekistonga katta ishonch bildirilib, nufuzli “Katta Dubulg'a” turniri mezbonligi topshirildi. Uch kun davomida “Humo Arena” saroyida dunyoning kuchli dzyudochilari ishtirokida o'tkaziladigan turnirni yuqori saviyada tashkil etishga astoydil harakat qilamiz. Bu borada O'zbekiston hukumatining, xususan davlatimiz rahbarining kuchli qo'llab-quvvatlashini his qilyapmiz. Fursatdan foydalanib, Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun kurashga shay bo'lib turgan barcha ishtirokchilarga Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida omad tilayman. Yana bir bor O'zbekistonga xush kelibsiz!", - dedi A.Kamilov. 

Tadbirda so'zga chiqqan Vladimir Barta ham Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga olib borilgan tayyorgarlik ishlari, alohida "Humo" arena saroyiga yuqori baho berdi. Buning uchun IJF nomidan O'zbekiston hukumatiga minnatdorchilik izhor qildi. SHundan so'ng musobaqaga qura tashlash marosimiga navbat berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing