28 iyu 10:39
Yangiliklar
Tennis

18 ta eys Teylor Fricni faoliyatidagi 18-finalga olib chiqdi
Buyuk Britaniyaning Istborn shahrida tennis bo'yicha maysa qoplamali ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Teylor Fric musobaqaning finaliga yo'l oldi. Amerikalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 28-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokinani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 3/6, 6/1.
Teylor bu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 3:3. To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Fric 18, Davidovich-Fokina esa 1 ta eys zarbasni amalga oshirgan. Amerikalik tennischi o'zining ATP turnirlaridagi 18-finaliga chiqdi.
Endi Lexus Eastbourne Open turnirining uch karra chempioni bo'lgan Fric bosh sovrin uchun vatandoshi Jenson Bruksbiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar