So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

21 dek 12:18
Yangiliklar

Boshqalar

Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha xalqaro turnirda polvonlarimiz birinchi bo'lishdi + FOTO

Ikki kun davomida Qarshi shahri Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha ikki musobaqa - O'zbekiston kubogi hamda Xalqaro ochiq turnirga mezbonlik qildi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish federaciyasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro ochiq turnirda yurtimiz sportchilaridan tashqari Turkiya, Rossiya, qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan apl polvonlar medallar uchun kurash olib bordi.

Xalqaro Ochiq kubok yakuniga ko'ra hamyurtimiz Hamza Primov eng yaxshi natija bilan birinchi o'rinni egalladi. Terma jamoamizning yana bir azosi SHuhrat Alixanov kumush, qozog'istonlik Aleksey Pisarevskiy bronza medaliga sazovor bo'ldi. Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi birinchi, Qozog'iston ikkinchi, Rossiya esa uchinchi o'rinni band etdi. Turkiyalik polvonlarga to'rtinchi o'rin nasib etdi.    

Yoshlar o'rtasidagi bahslarda shoxsupaning uchchala pog'onasi ham o'zbekistonlik polvonlar tomonidan band etildi. Nuriddin Ergashev birinchi, SHodilbek Ergashev ikkinchi, qoraqalpog'istonlik Og'abek Mirsharipov uchinchi o'rinni egalladi.

Bahodirlar o'yini bo'yicha O'zbekiston kubogida esa Dilmurod Qurbonovga teng keluvchi raqib topilmadi. Taniqli og'ir atletikachimiz Rustam Jangabaev ikkinchi, Bahodir Yo'lchiev esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing