24 iyu 17:02
Yangiliklar

Usik promouteri bilan hamkorlikni to'xtatdi
Bu haqda Krasyuk ijtimoiy tarmoqda malum qildi.
"Bu ajoyib sayohat bo'ldi — 12 yillik ulkan muvaffaqiyat. Ikki yosh orzumand yigit uchrashdi va boks olamiga o'zgarish olib keldi. 2013 yilda sizga vada bergandim — va uni bajardim. O'sha paytda hech kim biz bunday marralarga eta olamiz deb ishonmagan. Ammo Xudoning marhamati bilan biz bu missiyani amalga oshirdik.
Biz birga erishgan muhim bosqichlar:
2016 yil sentyabr — WBO kruzerveyt chempioni;
2018 yil yanvar — WBO va WBC kruzerveyt chempioni;
2018 yil iyul — kruzerveyt mutlaq chempioni;
2021 yil sentyabr — WBO, WBA, IBF og'ir vazn chempioni;
2024 yil may — mutlaq og'ir vazn chempioni.
Orzu ro'yobga chiqdi!!! Barcha bosib o'tilgan yo'l uchun rahmat. Ikki karra mutlaq chempionning umrbod promouteri bo'lish sharafi uchun minnatdorman. Rabbim sizning kelgusi qadamlaringizni barakali qilsin. Hamma narsa uchun Yaratganga shukr!»", - deb yozdi Krasyuk.
Fikrlar