24 iyu 18:31
Yangiliklar
Dzyudo

Andijonda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston Kubogi boshlandi + FOTO
Bugun Andijon shahridagi "Universal" sport majmuasida kattalar o'rtasida O'zbekiston Kubogi bahslari start oldi.
Uch kun davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyat va Toshkent shahridan kelgan 350 nafarga yaqin dzyudochilar jami 14 ta (7 ta erkak, 7 ta ayollar) vazn toifasida o'zaro bellashadi.
Musobaqada terma jamoaga nomzod dzyudochilar bilan bir qatorda istedodli yoshlar ham tatamiga chiqishyapti. Bugun engil vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar