So’nggi yangiliklar

17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 15:00Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Арманистон, Ўзбекистон-2 - Ҳиндистон ва бошқа натижалар (LIVE) 0 14:30Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0 09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0

24 iyu 19:15
Yangiliklar

Futbol

"Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi?

Teglar :  Nasaf
Superliga peshqadami hamda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" bu mavsum o'z kuchini Elit Osiyo chempionlar Ligasida sinab ko'radi.

Elit OCHLda O'zbekiston uchun bitta joy ajratilgan bo'lib, unda faqat chempion ishtirok etadi. O'zbekiston Kubogi sohibi "Andijon" esa Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida qatnashadi.

Bugungi knga kelib Elit OCHLda o'ynaydigan barcha jamoalar nomi malum bo'lib ulgurdi. OFK klublarga kvota ajratayotganda Saudiya Arabistoni bilan BAAga ikkitadan joy bergan. Qatar 2+1 ko'rinishdagi kvotaga ega bo'lgan. Yani, +1 jamoa o'z omadini o'tish o'yinida sinab ko'radi. Eronga 1+1 berilgan bo'lib, O'zbekiston va Iroq bittadan o'ringa ega bo'lgan.




O'tgan yil bo'lgani kabi bu mavsum ham Elit OCHLda G'arb mintaqasida 12ta, SHarq mintaqasida ham 12ta klub qatnashadi. Saudiyaning "Al Ahli" klubi Elitning amaldagi g'olibi hamda BAAning "SHarja" klubi OCHL 2ning amaldagi chempioni sifatida to'g'ridan to'g'ri Elitda qatnashadi.

Ishtirokchi jamoalar:

1. Saudiya Arabistoni - "Al Ahli" (Elit OCHL g'olibi), "Al Ittihod" (Saudiya Pro ligasi chempioni), "Al Hilol" (Saudiya Pro ligasi vice-chempioni).
2. BAA - "SHabab Al Ahli" (BAA Pro liga chempioni), "SHarja" (OCHL 2 g'olibi/BAA Pro liga 2-o'rin sohibi), "Al Vahda" (BAA Pro liga 3-o'rin sohibi).
3. Qatar - "Al Sadd" (Qatar Yulduzlar ligasi chempioni), "Al Garafa" (Qatar Amir Kubogi sohibi).
4. Eron - "Traktor" (Eron Pro liga chempioni).
5. O'zbekiston - "Nasaf" (Superliga chempioni).
6. Iroq - "Al SHorta" (Iroq Yulduzlar ligasi chempioni).




SHuningek, 12-jamoa nomi "Al Duhayl" - "Sepaxon" o'rtasida bo'lib o'tadigan o'tish o'yinidan so'ng malum bo'ladi. Mazkur bahs 12 avgust kuni Dohadagi "Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan, ammo Eron va Qatar o'rtasidagi siyosiy vaziyat tufayli uchrashuv boshqa joyga ko'chirilishi mumkin.

O'tish o'yini bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi va yutgan jamoa OCHL Elitning 12-ishtirokchisiga aylanadi. 15 avgust kuni asosiy musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qura formatiga ko'ra, jamoalar guruhga ajratilmaydi. Har bir klub o'z raqiblari bilan uyda va mehmonda to'rttadan jami 8ta o'yin o'tkazadi.

OCHL Elit 1-tur uchrashuvlari 15-16 sentyabrga belgilangan. Birinchi bosqich yakuniga etgach, nimchorak final bahslari uy-mehmon tarzida ikkita uchrashuvdan iborat bo'ladi. CHorak finaldan boshlab to finalga qadar barcha o'yinlar xuddi o'tgan mavsumdagi kabi Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing