So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

22 noy 08:16
Yangiliklar

Boshqalar

Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha jahon chempionatida ikkita oltin medal qo'lga kiritdik

SHu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sportning bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish turi bo'yicha yoshlar, kattalar va faxriylar o'rtasida Osiyo ochiq chempionati hamda jahon chempionati bahslari o'tkazilmoqda.

24 noyabrga qadar davom etadigan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 30 davlatidan 300 nafardan ortiq sportchi o'z omadini sinab ko'rishadi. Sankt-Peterburgdagi musobaqada vatanimiz sharafini milliy terma jamoa azolaridan Vohiddin Najmiddinov, Yodgoroy Najimova, Javohir Qurbonov hamda Asadbek O'zgamovlar himoya qilishyapti.

Yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda Yodgoroy Najimova bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. Bugun esa yana ikki sportchimiz O'zbekiston hisobiga jami 4ta medal qo'shib qo'yishdi, shundan ikkitasi oltin medallardir.

Jumladan, -78 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Javohir Qurbonov professional yo'nalishda oltin medalga sazovor bo'ldi. U 24 kilolik toshni 10 daqiqa ichida dast ko'tarish mashqida 170 marta, siltab ko'tarishda 93 bor, ikkikurashda 263 marotaba ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. 

SHuningdek, Javohir uzun ciklda ham sovrindor bo'ldi, yani kumush medalni qo'lga kiritdi. -68 kg vazn toifasida Asadbek O'zgamov uzun ciklda eng yaxshi natija ko'rsatdi va oltin medal bilan taqdirlandi. Ikkikurashda esa O'zgamov bronza medaliga sazovor bo'ldi.

SHu tariqa bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 90 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Norasmiy umumjamoa hisobida musobaqa mezboni – Rossiya terma jamoasi 110 ball bilan 1-o'ringa sazovor bo'ldi. Kuchli uchlikni 70 ball bilan Latviya terma jamoasi yakunlab berdi.

Bugun faxriylar o'rtasida jahon chempionati bahslari boshlanadi. Unda vatanimiz sharafini Vohiddin Najmiddinov himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing