16 may 15:10
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" SHensniga o'rinbosar qidirmoqda
"Barselona" darvozaboni Voycex SHensni klubdagi kelajagini ko'rib chiqmoqda, chunki uning shartnomasi shu yozda tugaydi.
SHu munosabat bilan Kataloniya grandi rahbariyati asosiy darvozabon Mark-Andre Ter SHtegen bilan raqobatlasha oladigan polshalik darvozabon o'rniga nomzodlar ro'yxatini tuzdi.
SHort-lstga "Lill"dan 23 yoshli Lukas SHevale, "Brayton"dan 22 yoshli Bart Verbruggen va "Espanol"dan 24 yoshli Xon Garsiya kiritilgan. Ularning barchasi istiqbolli sanaladi va "Barselona"da darvoza chizig'ini kuchaytirish salohiyatiga ega.
Havola :
Manba : sport.es
Fikrlar