18 may 07:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jon Jons agar g'alaba qozonishiga ishonmasa, jangni qabul qilmaydi" - murabbiy
Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes, UFC og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsning raqib tanlashdagi yondashuvini izohladi.
"Jon Jons — mag'lubiyatni yoqtirmaydigan odam. SHuning uchun u faqatgina g'alaba qozonishiga ishongandagina jangga chiqadi. Agar unda jangda aniq ustunlik bo'lmasa, u bunday jangni qabul qilmaydi. Menimcha, UFC unga [Tom Aspinallga qarshi jang uchun] katta pul to'lashiga to'g'ri keladi, shundagina u: “Okey, roziman”, — deydi", — dedi Mendes.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar