18 may 05:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi to'rtinchi g'alabasiga erishdi
Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC Fight Night turniri bo'lib o'tdi.
Mazkur turnir doirasida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tarildi. Ushbu jangda yurtdoshimizga amerikalik Dastin SHtolcfusga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Nursulton hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabaga erishdi.
Bu Nursulton uchun UFC'dagi 5-jang bo'ldi. U bungacha 3 ta jangda g'alaba qozonib, 1 ta jangda imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar