18 may 06:55
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola mavsumda 16 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. "Man Siti" ustozi faoliyatidagi antirekordni yangiladi
Pep Gvardiola bir mavsumdagi mag'lubiyatlar bo'yicha shaxsiy antirekordni yangiladi.
Kecha ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi "Manchester Siti" Angliya kubogi finalida "Kristal Pelas"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
"Siti" bosh murabbiyi mavsumdagi 16-o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Bu uning butun murabbiylik faoliyatidagi antirekordidir.
Bungacha "shaharliklar" "Tottenhem" (1:2), "Bornmut" (1:2), "Sporting" (1:4), "Brayton" (1:2), "Tottenxem" (0:4), "Liverpul" (0:2, 0:2), "Yuventus" (0:2), "Manchester Yunayted" (1:2), "Aston Villa" (1:2), PSJ (2:4), "Arsenal" (1:5), "Real Madrid" (2:3, 1:3) va "Nottingem Forest" (0:1) klublariga imkoniyatni boy bergandi.
Gvardiola Angliyadagi faoliyatidan oldin "Barselona" va "Bavariya" klublariga ustozlik qilgan.
Havola :
Manba : Championat.asia
Fikrlar