18 may 05:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "Raqib men kutganimdan yaxshiroq harakat qildi"
Nursulton Ro'ziboev bugun Las-Vegasdagi UFC Fight Night turnirida jang qildi.
Sportchimiz ushbu jangda amerikalik Dastin SHtolcfus ustidan ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Jangdan so'ng u o'z fikrlarini bildirdi:
"SHtolcfus men kutganimdan yaxshiroq jang qildi. Jangni muddatidan oldin tugatishga harakat qildim, lekin bunga imkoniyat bo'lmadi.
Jang davomida aylanib tepish zarbalarini berdim, kuchli bo'lmasada, manziliga etib bordi", - dedi Nursulton Ro'ziboev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar