So’nggi yangiliklar

12:06“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум 0 11:42UFC шарҳловчиси ҳозирда ким энг яхши трэштокер эканлигини айтди - бу Топурия эмас 0 10:30Боб Арум Кроуфорд - Канело жанги учун тахмин билдирди 0 09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0 09:14Топурия янги вазндаги илк чемпионлик ҳимоя жангини қачон ўтказишини айтди 0 08:53"Биз нишонлаяпмиз" — Ислам Махачев Топуриянинг ғалабасини хачапури ва груз тархуни билан нишонлади + ФОТО 0 08:32Чарльз Оливейра кечаги даҳшатли нокаутдан кейин илк бор интервью берди 0 19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0

06 apr 08:04
Yangiliklar

Kurash

Bel olish va uch kurashning yaktakli yo'nalishi bo'yicha chempionlar aniqlandi

Farg'ona tumanining CHimyon shaharchasidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Bel olish va uch kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafardan ortiq yosh polvonlar Bel olish va uch kurashning yaktakli yo'nalishi bo'yicha g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, Farangiz Qo'shaqova (Andijon),  Doston Mamadaliev (Jizzax), Bexruzbek Abdualiev (Sirdaryo), Otabek Sobirov (Xorazm), Mirzohid Zokirov (Namangan), Husanboy Abduvaliev (Farg'ona), Javohir Norboev (Surxondaryo), Alisher Yusupov (Toshkent v.), Durdona Mamurjonova (Sirdaryo) kabi bir qator iqtidorli va yosh sportchilar o'z vazn toifalarida barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o'rinlarga ega bo'lishdi.

Bellashuvlar so'nggida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ushbu musobaqa dastur-rejasiga muvofiq, 7 apreldan  2006-2007 yilda tug'ilgan sportchi-o'quvchilar o'rtasida uch kurashning yaktaksiz yo'nalishi bo'yicha bellashuvlarga start beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing