29 iyu 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat Nuftillaevning jangi chempionlik kamari uchun bo'ladi
Bir necha kunlardan so'ng, aniqrog'i, 6 iyul kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 75 turniri o'tkaziladi.
Avval xabar berganimizdek, musobaqaning markaziy jangida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Azamat Nuftillaev ishtirok etadi. Hamyurtimizga Rossiya vakili Daniyal Elbaev raqib bo'ladi.
Malum bo'lishicha, bellashuv og'ir vazn toifasidagi Octagon Interim (vaqtinchalik) kamari uchun o'tkaziladi.
Azamat "Drakon" Nuftillaev karerasi davomida 18 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Daniyal "T-34" Elbaev hisobida esa 12 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar