16 sen 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov Namanganda jang qiladi, raqib ham aniq
3 oktyabr kuni Namangandagi "Navbahor" klubi stadioni yonida MMA bo'yicha Octagon 92 turniri tashkil etiladi.
Malum bo'lishicha, turnirda o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi, chempionlik kamari uchun sobiq davogar SHohasan Mirzamatov ham jang qiladi.
Unga Octagon 92 turnirida Qozog'iston vakili Mahir Mamedov raqiblik qiladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi.
Takidlash joiz, SHohasan faoliyati davomida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 17 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Mahir Mamedov hisobida esa 20 ta g'alaba hamda 4 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
13:52
SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi 0
Fikrlar