29 iyu 17:03
Yangiliklar
Eshkak eshish

Ilk bor akademik eshkak eshuvchimiz Jahon kubogida shohsupaga ko'tarildi
Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.
SHveycariyaning Lyucern shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda. Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mazkur toifadagi musobaqada dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
LM1x dasturida (engi vaznli yakkalik) kechgan bahslarda Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi SHahzod Nurmatov marraga uchinchi bo'lib etib keldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar