So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

18 dek 23:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks rassomlari tanlovi: Tokio Olimpiadasi chiptasi kimga nasib etdi? + FOTO

Teglar :  Rassomlar
O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan rassomlar uchun maxsus tanlov elon qilingandi.

Tanlov shartlariga ko'ra, rassomlar o'zbek bokschi va murabbiylariga bag'ishlangan suratlarni chizishlari lozim edi. G'olib esa ajoyib sovg'a - Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi vada qilingandi. Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida ushbu tanlov yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim tashkil etildi.

Tantanali tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, O'zbekiston xalq rassomi Akmal Nur, taniqli aktyor Rustam Sagdullaev, O'zbekiston rassomlar uyushmasi vakillari, tanlov ishtirokchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Tanlovda ko'plab suratlar, 100 ga yaqin ish qatnashdi. Bu o'z navbatida hayat azolari tomonidan g'oliblarni aniqlab olishda katta qiyinchilik tug'dirdi. Ammo yakunda baribir uzoq bahs-munozaralardan so'ng maxsus komissiya tomonidan g'olib aniqlandi. 

Unga ko'ra, hayat azolari Lutfullo Qodirovni eng oliy mukofot - Tokio Olimpiadasi yo'llanmasiga loyiq ko'rishdi. G'olibimiz chizgan suratlarining ahamiyatli tomoni shundaki, Lutfullo o'z suratlarini qo'lda emas, oyoqlari bilan chizgan edi. Ikkinchi o'rinni Umar Rajabov egallagan bo'lsa, uchinchi o'rindan Laziza To'laganova joy oldi. 

Bugungi final tadbiriga etib kelgan barcha ishtirokchilarga O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan maxsus sovg'alar - Isroil Madrimovning imzosi tushirilgan boks qo'lqoplari taqdim etildi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


 

(1-o'rin)


(2-o'rin)


 

(3-o'rin)


Tadbirdan suratlarni tomosha qiling:



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing