So’nggi yangiliklar

18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0 13:49Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум 0

08 avg 09:41
Yangiliklar

Velosport, Engil atletika, Voleybol, Suv sporti turlari

Bugun ham Islom birdamligi o'yinlarida 4 ta sport turida hamyurtlarimizga muxlislik qilamiz

Turkiyaning Konya shahrida islom davlatlari o'rtasidagi V Islom Birdamligi o'yinlari davom etmoqda.

Xabaringiz bor, islom olamidagi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta sport delegaciyasi bilan ishtirok etyapti. Bugun musobaqaning navbatdagi kuni o'zbekistonlik atletlar xuddi kecha bo'lganidek, 4 ta sport turida tashkil etiladigan bahslarda o'z mahoratlarini namoyish etadilar. 

Sportchilarimizning bugungi ishtirokini velosportchilarimiz boshlab berishadi. Velotrekning omnium bahslarida Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Aleksey Fomovskiy va Botir Ismatov yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Ular kunning birinchi yarmida o'tkaziladigan saralash bahslarida startga chiqishadi. Zabelinskaya kecha terma jamoamizga oltin medal taqdim etib ulgurgandi. 

Bugun ham para suzish musobaqalari davom ettiriladi. Kecha 100 metr masofaga batterflyay usulida o'tkazilgan bahslarda chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan Azizbek Boynazarov bugun 200 metr masofaga aralash suzishda kechagi natijasini takrorlashga urinib ko'radi. 

Kunning ikkinchi yarmida etiborimiz sport turlari malikasi hisoblangan engil atletika hamda voleybol bellashuvlariga qaratiladi. Atletlarimizdan Oskar Kuchmuradov (100 m), Darya Reznichenko va Roksana Xudoyorova (ikkisi ham uzunlikka sakrash), Laylo Allaberganova (100 m), Jasmina Mansurova (langarcho'pga tayanib sakrash), Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish), Farida Solieva (400 m), Evgeniy Fadeev (5 000 m) va Doston Rajabov (yadro uloqtirish) medallar uchun bahslarga kirishadilar.

Bugungi ishtirokimizni voleybol bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirokidagi o'yin yakunlab beradi. Qizlarimiz mezbonlar Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing